Bu haqida kabar.kg xabar berdi.

Bakalavriat uchun ajratilgan o‘rinlar quyidagicha taqsimlangan:

  • maktabgacha ta’lim — 4 ta;
  • kompyuter injiniringi — 4 ta;
  • agronomiya — 4 ta;
  • suv xo‘jaligi va melioratsiya — 2 ta;
  • ekologiya va atrof-muhit muhofazasi — 2 ta;
  • qurilish injiniringi — 4 ta.

O‘zbekiston OTMlarida ta’lim o‘zbek va rus tillarida olib boriladi. O‘zbek tilidagi ta’lim lotin grafikasi asoslangan alifboda amalga oshirilgani bois, nomzodlarning lotin alifbosini bilishi ham inobatga olinadi.

Nomzodlar tanlangan ta’lim tilini bilishini namoyish etishi va ikkita mutaxassislik fanidan sinovdan o‘tishi kerak. Kirish imtihoni besh ballik tizimda baholanadi.

Hujjatlar 2026-yil 22-avgustga qadar qabul qilinadi. Kirish sinovlari 24-avgust kuni soat 08:00 da O‘sh davlat universitetining bosh o‘quv binosida o‘tkaziladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun anketa, umumiy o‘rta yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi to‘g‘risidagi diplom yoki attestat nusxasi, pasport nusxasi, rus tilidagi belgilangan shakldagi tibbiy ma’lumotnoma va fotosurat taqdim etilishi lozim.