Bu haqda Bilimni baholash agentligi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, iimtihonlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.
Respublika boʻyicha test sinovlarida rejadagi 37 752 nafar talabgordan 35 464 nafari ishtirok etdi. Bu jami talabgorlarning qariyb 94 foizini tashkil etadi.
Test jarayonida belgilangan tartib-qoidalarni buzgan 28 nafar talabgor imtihondan chetlatildi.