Ushbu topshiriq ijrosi yuzasidan “Har bir yoshga — bir gektar” loyihasi doirasida Qiziltepa tumanidagi “Usta paxtakor” fermer xo'jaligi dalasida amaliy seminar o'tkazildi.
Seminarda Navoiy viloyati hokimining o'rinbosari Ya.Dushanov, O'zbekiston yoshlar ishlari agentligi viloyati boshqarmasi boshlig'i J.Xojaev, Qiziltepa tumani hokimi Sh.Nabiev hamda boshqa mutasaddi idoralar rahbarlari, mahalla raislari va yoshlar ishtirok etdi. Yig'ilishda yoshlarga bu loyihaning mazmun-mohiyati, er bilan ishlash mahorati bo'yicha ma'lumot berildi. O'n nafar yoshga 30 sotixdan er maydoni bo'lib berilib, sertifikatlar topshirildi.
Shuningdek, loyiha davomida dehqonchilik tajribasiga ega mirishkorlar hamda mutaxassislar tomonidan ayni kunlarda ekish mumkin bo'lgan mahsulotlar hamda ularning parvarishi haqida ma'lumot berildi. Bugungi kunda 200 dan ortiq fermer xo'jaligi bo'lgan Qiziltepa tumanida 500 ga yaqin yoshga er ajratish ko'zda tutilgan.
— Er insonni boqadi, deydi xalqimiz. Men ham ayni paytda ishsizligim sababli mahallamizdan ajratilgan er maydonidan oldim. Oilamga nafim tegishi uchun mehnat qilib, mahsulot etishtirmoqchiman. Nasib etsa, daromadim yaxshi bo'lib ketsa, erimni yanada kengaytirib, etishtiriladigan mahsulotlar turlarini ham ko'paytirmoqchiman, – deydi O'g'iloy Halimova.
Qiziltepalik yoshlarga nega er ajratildi?
Yoshlarning bandligini ta'minlash va bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari muhokamasiga bag'ishlab o'tkazilgan yig'ilishda davlatimiz rahbari yoshlarga dehqonchilik qilib, daromad olishi uchun ekin maydonlaridan er ajratish vazifasini ham qo'ygan edi.
Toshkentda Xitoy xalqaro texnikumi tashkil etiladi
- Iyul oyida yillik inflyatsiya 6,4 foizga tushdi
- Karmanada bosqinchilik sodir etgan xavfli retsidivist 15 yilga qamaldi
- Jizzaxda Oʻzbekiston va Eron tadbirkorlari oʻrtasida biznes-forum oʻtkazildi
- O‘zbekistonlik ikki yosh kurashchi jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi
- «Strasburg» Abbosbek Fayzullayev transferi bo‘yicha muzokara boshladi
Samarqandda tez yordam mashinasiga yo‘l bermagan «Mercedes-Benz» haydovchisi jarimaga tortildi
- Barcha turdagi jarimalar miqdori o‘rtacha 2 barobar kamaytiriladi
- 2026/2027-o‘quv yili uchun mandat natijalari e’lon qilindi
- Joriy yilgi minimal o‘tish ballari ma’lum bo‘ldi
- “Afrosiyob” poyezdida unutib qoldirilgan barsetka egasiga qaytarildi
- Boysundagi “Mustaqillikning 25 yilligi” konida avariyaviy quduqni yopish ishlari boshlandi