Andijon viloyati bojxona boshqarmasi ma’lum qilishicha, bojxona xodimlari Chegara vakillari bilan hamkorlikda «VOLVO» rusumli avtotransport vositasi haydovchisini nazoratdan o‘tkazish jarayonida shubhalangan.

Shundan so‘ng avtomobil saloni va haydovchining shaxsiy buyumlari tekshirilgan. Natijada, og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan va belgilangan tartibda deklaratsiya qilinmagan 34 ming AQSH dollari qo‘l sumkasi hamda kiyimining ichki cho‘ntagiga yashirilgan holda topilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan belgilangan tartibda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.