Bu yerda ular “qon terlaydigan ulug'vor arg'umoqlar” – bardoshli, yeldek uchuvchi “Farg'onaning samoviy otlari” etishtirilgan. Aynan ular miloddan avvalgi 104-102-yillardagi xitoy-dovon urushiga sababchi bo'lishgan.
"Qonli terlaydigan" bu otlarni xitoylar ilohiy jonivorlar, deb hisoblashgan. Ularni "abadiy mamlakat"da minish mumkin bo'lgan "samoviy otlar" deb atashgan. Mazkur g'aroyib jonivorlarni qo'lga kiritish uchun xitoyliklar Farg'onaga hujum qilishdi, ammo mag'lubiyatga uchrashdi.
Biroq, otlarga ega bo'lish istagi shunchalik kuchli ediki, Xitoy yana Dovonga hujum qilishga urindi. Bu safar farg'onaliklar murosa qilishga majbur bo'lishdi: ular Xitoy imperatori qo'shini uchun har yili 300 ta ot yetkazib berishga va'da berishdi.
Shuni ta'kidlash joizki, arg'umoqlarning "qonli ter" chiqarishiga parazitlar sabab bo'lib, ular otlarning terisini eyishgan, bu esa ularga g'ayrioddiy ko'rinish bergan.Bundan ham hayratlanarli tarixiy faktlarni “Davlat ermitaj muzeyi”ning (Sankt-Peterburg, Rossiya) “O'zbekiston madaniy merosi jahon to'plamlarida” turkumidagi kitob-al`bomidan topish mumkin.
Qonli urushlarga sabab bo'lgan ot zoti haqida bilasizmi?
Miloddan avvalgi birinchi asrlarda mavjud boʻlgan, alohida davlat hisoblangan, tarixiy Fargʻona – Dovon noyob ot zotlari Argʻuvonlarning vatani boʻlgan.
Sirdaryo viloyatida noqonuniy baliq ovlash holatiga chek qo'yildi
- Savdo sohasidagi korxonalar 18,8 trln so‘mdan ortiq soliq to‘ladi
- Chorvachilik va parrandachilikni rivojlantirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
- Nukus shahriga yangi prokuror tayinlandi
- Migratsiya agentligida 1 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ talon-toroj qilingani fosh etildi
- Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha malaka imtihonlari o‘tkaziladi
Yangi o‘quv yilidan maktablarda dars soatlarini taqsimlash tartibi o‘zgartiriladi
- Bugun 2026/2027-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari to‘liq yakunlanadi
- Ahadjon Kimsanboyev shaxmat bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
- "Alisher Navoiy" hamda "Paxtakor" metro bekatlari oralig‘idagi eskalatorlardan biri yo‘lovchilar uchun foydalanishga qayta topshiriladi
- Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga milliy sertifikat berish bo‘yicha imtihonlarni o‘tkazish tartibi belgilandi
- Oʻzbekiston Prezidenti Ozarbayjon bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini taʼkidladi