Bu yerda ular “qon terlaydigan ulug'vor arg'umoqlar” – bardoshli, yeldek uchuvchi “Farg'onaning samoviy otlari” etishtirilgan. Aynan ular miloddan avvalgi 104-102-yillardagi xitoy-dovon urushiga sababchi bo'lishgan.
"Qonli terlaydigan" bu otlarni xitoylar ilohiy jonivorlar, deb hisoblashgan. Ularni "abadiy mamlakat"da minish mumkin bo'lgan "samoviy otlar" deb atashgan. Mazkur g'aroyib jonivorlarni qo'lga kiritish uchun xitoyliklar Farg'onaga hujum qilishdi, ammo mag'lubiyatga uchrashdi.
Biroq, otlarga ega bo'lish istagi shunchalik kuchli ediki, Xitoy yana Dovonga hujum qilishga urindi. Bu safar farg'onaliklar murosa qilishga majbur bo'lishdi: ular Xitoy imperatori qo'shini uchun har yili 300 ta ot yetkazib berishga va'da berishdi.
Shuni ta'kidlash joizki, arg'umoqlarning "qonli ter" chiqarishiga parazitlar sabab bo'lib, ular otlarning terisini eyishgan, bu esa ularga g'ayrioddiy ko'rinish bergan.Bundan ham hayratlanarli tarixiy faktlarni “Davlat ermitaj muzeyi”ning (Sankt-Peterburg, Rossiya) “O'zbekiston madaniy merosi jahon to'plamlarida” turkumidagi kitob-al`bomidan topish mumkin.
Qonli urushlarga sabab bo'lgan ot zoti haqida bilasizmi?
Miloddan avvalgi birinchi asrlarda mavjud boʻlgan, alohida davlat hisoblangan, tarixiy Fargʻona – Dovon noyob ot zotlari Argʻuvonlarning vatani boʻlgan.
Aichi-Nagoya-2026: Axror Ziyodullayev Osiyo oʻyinlari chempionligini qoʻlga kiritdi
- Namangan shahrida Xalq qabulxonasi xodimi pora bilan ushlandi
- Inson huquqlari bo‘yicha beshinchi Samarqand forumi boshlandi
- Toshkentda 60 mingga yaqin odamni onlayn qimorga jalb qilgan guruh fosh etildi
- Ohangaron shahridagi bog‘chada 3 yoshli bola vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
- Hindistonda kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida 80 nafardan ortiq odam hayotdan ko‘z yumdi
Oqqo‘rg‘on dalalarida yangi usul — yuqori hosil samarasi
- Shahnoza Mirziyoyeva Namanganda besh yoshli qizaloq bilan bog‘liq fojia yuzasidan munosabat bildirdi
- Xitoydan 121 bosh naslli qoramol olib kelindi
- «Xumo» fermer xo‘jaligi rahbari: «Ilmga yondashsak, kam bo‘lmaymiz»
- Suyultirilgan gaz taʼminoti: tizimga xususiy sektor kirib kelmoqda
- Paxtani birjada sotgan fermerga ham, uni sotib olgan klasterga ham har tonna uchun 500 ming soʻmdan subsidiya beriladi