IIV mazkur xabarlarning haqqoniyligini aniqlaş va maʼlumotlar tarqalişining ehtimoliy manbalarini örganiş maqsadida tekşiruv boşlanganini maʼlum qildi.

Örganiş işlari Davlat xavfsizlik xizmati huzuridagi «Kiberxavfsizlik markazi» davlat muassasasi, Içki işlar vazirligi hamda «AUTODOC» MÇJ masʼullari tomonidan hamkorlikda olib borilmoqda.

Jumladan, «AUTODOC» MÇJ tomonidan işlab çiqilgan va operatorligi amalga oşiriladigan SAFE Service (avvalgi «Safe Road») platformasi, şuningdek, boşqa tegişli axborot tizimlari va elektron platformalarda şaxsga doir maʼlumotlar çiqib ketgani bilan boğliq holatlar mavjud yoki mavjud emasligi tekşirilmoqda.

Örganişlar yakunlari böyiça aniqlangan holatlar, şuningdek, xabarlar tasdiqlanmagan taqdirda, ularning kelib çiqiş sabablari va manbalari yuzasidan qöşimça rasmiy axborot taqdim etiladi, deyiladi bayonotda.