Ayni paytda oliygohda 4 ta taʼlim yoʻnalishi boʻyicha qariyb 10 ming nafar talaba tahsil olmoqda.
Universitetda maʼmuriy boshqaruv, oʻquv va ilmiy jarayonlarga raqamli texnologiyalar faol joriy etilmoqda. Shuningdek, dual taʼlim rivojlantirilib, ilmiy ishlanmalar tijorat loyihalariga, talabalar shaharchasi esa ilgʻor innovatsion yechimlar maydoniga aylantirilmoqda.
«Yurtimiz shaharlari zamonaviy va yashil makonga oʻz-oʻzidan aylanib qolmaydi. Buning uchun keng fikrlaydigan, noanʼanaviy gʻoyalarni ilgari suradigan, ekologik barqaror arxitektura va muhandislik yechimlarini ishlab chiqadigan hamda ularni amaliyotga tatbiq eta oladigan yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tarbiyalash juda muhim», — dedi Saida Mirziyoyeva.