Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori Ngozi Okonjo-Iweala bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqotda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayonining borishi va oldinda turgan yakuniy vazifalar muhokama qilingan.
Saida Mirziyoyeva uchrashuvdan so‘ng JST rahbariga O‘zbekistonning a’zo bo‘lish jarayonini doimiy qo‘llab-quvvatlab, ekspertlik ko‘magi ko‘rsatayotgani uchun minnatdorlik bildirdi.
«Bu yo‘lning katta qismini bosib o‘tdik. Bundan keyin shahr dimizni susaytirmasdan, boshlangan ishni nihoyasiga yetkazishimiz juda muhim», — deb yozdi u.
O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayonida milliy qonunchilikni tashkilot qoidalariga muvofiqlashtirish va a’zo davlatlar bilan muzokaralarni yakunlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.