"Mamlakatning intellektual salohiyati nafaqat isteʼdod egalarining yutuqlari, balki har bir insonning qobiliyatini yuzaga çiqariş uçun yaratiladigan imkoniyatlar kölami bilan ham belgilanadi.
Keça beşinçi bor ötkazilgan "Zakovat-Gambit" şaxmat turniri ğoliblarini taqdirladik. Bu yilgi musobaqa 6 mingga yaqin iştirokçini birlaştirdi, bu ötgan yilgi körsatkiçdan ikki barobar köp. Ularning 633 nafarini ayol va qizlarimiz taşkil etdi. Bu raqamlar zamirida intellektual bellaşuvlarga bölgan qiziqişning ortib borayotgani, ilmga intiliş hamda yoşlarimizning öz kuçi va imkoniyatlariga bölgan işonçi mujassam.
Özbekiston xalqaro şaxmat maydonida havas qilgulik natijalarga erişib kelmoqda. Biroq bundanda muhim yana bir omil bor: yurtimizda har bir insonning aqliy salohiyatini töliq namoyon etişga xizmat qiluvçi muhit şakllanmoqda.
"Zakovat" loyihasining alohida ahamiyatini men aynan şunda köraman. Bu loyiha iqtidorli yoşlarni kaşf etibgina qolmay, balki tafakkur madaniyatini, mustaqil fikrlaş va oqilona qarorlar qabul qiliş könikmasini şakllantirişga ham xizmat qilmoqda. Zero, yurtimiz kelajagi yoş avlodning nafaqat qançalik bilimli ekaniga, balki şu bilimlarni qay darajada qöllay olişi va fikr doirasiga ham boğliq, dedi Saida Mirziyoyeva.