Fransiya O‘zbekistonning Yevropadagi muhim strategik hamkorlaridan biri bo‘lib qolmoqda. O‘zaro aloqalarimiz energetika, transport, infratuzilma, ta’lim va sog‘liqni saqlash kabi sohalarni qamrab oladi.
Markaziy Osiyo mintaqasida ishonchli va barqaror hamkor sifatidagi mavqeimizni saqlab qolgan holda, Fransiya va umuman Yevropa bilan sheriklikni kelgusida ham izchil mustahkamlash niyati bayon qilindi.