Samarqand viloyati hokimining tegishli qaroriga asosan, Suyunov Jo‘rabek Bahriddinovich Samarqand viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Jo‘rabek Suyunov mazkur tayinlovga qadar viloyat turizm boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.

Samarqand viloyati hokimining tegishli qaroriga asosan, Qobilov Rustam Rajabboyevich yangi tashkil etilgan Samarqand viloyati hokimining rasmiy delegatsiyalarning tashrifi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Rustam Qobilov mazkur tayinlovga qadar viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatgan.