Samarqand shahrida yashovchi, 1956 y.t., muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxs “Umra” ziyoratini tashkil etishga vakolati bo‘lmasada, Oqdaryo tumanida istiqomat qiluvchi 4 nafar fuqaroni Saudiya Arabistoniga muborak safarga yuborishni va’da qilib, evaziga 4800 AQSh dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs oldindan 3000 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.