Yalpi majlis kun tartibi loyihasiga mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş va qonunçilikni takomillaştirişga qaratilgan bir qator muhim masalalar kiritilgan.

Xususan, yalpi majlisda “Safarbarlik tayyorgarligi va safarbarlik töğrisida”gi, “Özbekiston ehtiromi” ordenini taʼsis etiş töğrisida”gi qonunlar muhokama qilinadi.

Şuningdek, tadbirkorlik subyektlarini yanada qöllab-quvvatlab, ularga ayrim soliq imtiyozlarini beriş, çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarni rağbatlantiriş, ular uçun maxsus soliq rejimini joriy etiş hamda mehnat faoliyatini tartibga solişga qaratilgan qonunlarni ham körib çiqiş rejalaştirilgan.

Bundan taşqari, sud işi muhokamasining barça bosqiçlarida tortişuv prinsipini taʼminlaş va advokatning odil sudlovni amalga oşirişdagi rolini oşiriş, prekursorlar muomalasiga oid qoidalarni buzganlik uçun javobgarlik belgilaş, qurilişi tugallanmagan köp kvartirali uylarda noqonuniy yaşaşning oldini oliş hamda bojxona sohasidagi huquqbuzarliklarga qarşi kuraşiş mexanizmlarini takomillaştirişga qaratilgan qonunlar muhokama qilinadi.

Davlat sirlarini saqlaş faoliyatining huquqiy asoslarini, yer töğrisidagi qonunçilikni hamda tibbiyot va farmatsevtika faoliyatini takomillaştiriş, yöl harakati xavfsizligini taʼminlaşga qaratilgan qonunlar ham kun tartibi loyihasidan örin olgan.

Senatorlar Özbekiston Respublikasi Boş prokurorining prokuratura organlarining faoliyati töğrisidagi hisobotini ham eşitadi.

Şuningdek, yalpi majlisda mamlakatimizda tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlar monitoringi holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament sörovi natijalarini körib çiqiş ham rejalaştirilgan.