Koretskiy o‘z rahbarligidagi Vazirlar Mahkamasining “mudofaa, iqtisodiy rivojlanish va Yevropa integratsiyasi hukumati”ga aylanishini ta’minlashga intilishini aytdi. U mamlakat harbiy-sanoat kompleksini kengaytirish, ijtimoiy himoya, kelgusi qishga tayyorgarlik ko‘rish va biznesni qo‘llab-quvvatlashni o‘zining ustuvor vazifalari deb atadi, deb xabar berdi kommersant.ru.

“Ukraina Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘ladi. Bu bizning konstitutsiyaviy ustuvor vazifalarimizdan biri. Va bu bizning avlodimizning tarixiy missiyasi”, dedi u ovoz berishdan oldin parlamentda nutq so‘zlab (“Interfaks Ukraina” tomonidan iqtibos keltirildi). U hukumati bunga erishish uchun barcha zarur ishlarni qilishiga ishontirdi.

Bosh vazir sifatida Sergey Koretskiy 2025-yil 17-iyuldan beri hukumatni boshqarib kelayotgan Yuliya Sviridenkoning o‘rnini egalladi. Uning iste’fosidan bir necha kun oldin Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Vazirlar Mahkamasida o‘zgarishlarni e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bular mamlakat siyosiy tizimini o‘zgartirish uchun zarur.