U bemor tanasi ichida harakatlana oladi va bir vaqtning oʻzida beshta alohida vazifani bajaradi. Uzunligi atigi 4,4 mm boʻlgan ushbu robotning tashqi magnit maydonlar bilan ishlaydigan oʻz quvvat manbai yoʻq. Avvalgi versiyalardan farqli oʻlaroq, u yarim qattiq tuzilishga va noyob harakat turiga ega — robot tanadagi murakkab joylarda harakatlanish uchun aylanishi mumkin.
Bu bir nechta funksiyalarni birlashtirgan tashqi magnit quvvat manbaiga ega birinchi robot. Avvalgi dizaynlarda asosiy kamchilik bor edi: ular butunlay magnitlangan boʻlib, barcha robot qismlarining xatti-harakatlarini bitta vazifa bilan cheklagan. Yangi dizayn silikon asos ichida diametri 5 mikron boʻlgan magnit qoʻshimchalardan foydalanadi va ularning aniq joylashuvi robotning turli qismlarini ma'lum vazifalarni bajarish uchun tanlab faollashtirish imkonini beradi, deb xabar berdi techcult.ru.
Robot tananing ichida harakatlanishdan tashqari, toʻqimalarni kesib, yetib borish qiyin boʻlgan joylarda biopsiyalarni amalga oshirishi, kesib tashlangan parchalarni tashqi tomonga chiqarishi mumkin. Shuningdek, u kerakli joyga dorilarni yetkazib berishi mumkin, saraton hujayralari bilan bogʻliq holatda esa ularni yoʻq qilish uchun eksperimental gipertermiya oʻtkazish uchun issiqlikdan foydalanadi.
Texnologiya hozircha dastlabki bosqichda boʻlib, robot hali tirik organizm ichida emas, balki toʻqimalarning sun'iy modellarida sinovdan oʻtkazilmoqda. Uning koʻplab kamchiliklari mavjud boʻlib, eng asosiysi — robot tirik toʻqimalar ichida harakatlanayotgan vaqtda uni doimiy va murakkab tarzda nazorat qilish zarurligidir. Jarrohlar robotni boshqarish uchun yangi usullarni ishlab chiqishlari va oʻzlari ham uning harakatini kuzatish hamda organizm boʻylab navigasiya qilishning yangi texnologiyalarini oʻzlashtirishlari kerak boʻladi. Bu esa turli tibbiy muolajalarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.