Joriy yilning 9-avgust kuni soat 10:30 larda Sirdaryo viloyati Xovos tumani xududidan o‘tuvchi Xalqaro ahamiyatdagi M-34 avtomobil yo‘lining "Toshkent-Dushanbe” yo‘nalishi 125-km/da joylashgan qayrilib olish qismida "Chakman" rusumli transport vositasi qayrilib olishni amalga oshirayotgan vaqtda o‘zi bilan bir yo‘nalishda yo‘lning chap bo‘lagi bo‘ylab harakatlanib kelgan "Captiva" rusumli transport vositasi urilishi oqibatida YTH sodir bo‘lgan.

Sodir etilgan YTH natijasida "Captiva" rusumli transport vositasi haydovchisi hamda 2 nafar yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan.

Hozirda holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.