"Cessna-208 Caravan" va L-410 turdagi havo kemalari orqali muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.
Buning uchun 13 gektar qo‘shimcha yer ajratilib, tumandagi uchish-qo‘nish maydoni va yo‘lagi kengaytiriladi. Talab yuqori bo‘lgan yangi yo‘nalishlar tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Tumandan boshqa shahar va tumanlarga jamoat transporti yo‘lga qo‘yiladi. Shu bilan birga, chegara o‘tkazish punktlarida ro‘yxatga olish darchalari soni ikki baravar oshiriladi - natijada fuqarolarimiz tezroq va qulayroq harakatlana oladigan bo‘ladi.
Bu haqda davlatimiz rahbarining "So‘x tumanini 2026–2028-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mavjud zaxira va imkoniyatlarni ishga solish orqali aholi bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorida (PQ-258, 08.07.2026 y.) belgilangan.