Tadbir davomida Savdo-sanoat palatasi Qiziriq tumani bo‘limi boshlig‘i M.Ch. fuqaro O.B.ga dehqon xo‘jaligi tashkil etishi uchun auksion orqali 2 gektar yer maydoni olib berishni va’da qilib, firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan 5 mln so‘mni O.B.ga qaytarib berayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.