Jumladan, “Bangkok – Toshkent” yo‘nalishida uchib kelgan 2004 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan va 1993 yilda poytaxtda tug‘ilgan 2 nafar fuqaro Toshkent xalqaro aeroportida tekshiruvdan o‘tkazildi.
Natijada, ularga tegishli yuklar ichida shisha va alyuminiy idishlarga qadoqlab, yashirilgan 4,6 kg “Mefedron” sintetik narkotik moddasi borligi ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, ularning poytaxtdagi yashash manzili ko‘zdan kechirilganda 1,5 litr gashish moyi va 8 litr erituvchi vositalar borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.
Bundan tashqari, tezkor tadbir davom ettirilib, xorijdan keltirilgan narkotik moddalarni Toshkent shahrida qabul qilib olgan vaqtida 1997 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan shaxs ushlanib, undan ham 635 gr “Alfa-PVP” giyohvandlik vositasi olindi.
Hozirda ushbu narkosavdogarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi (kontrabanda) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ta’kilash lozim, amaldagi qonunchilikka muvofiq bunday jinoyatlar sodir etganlik uchun 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.