Davlatimiz rahbarining joriy yil 21-22-oktyabr kunlari Qaşqadaryo viloyatiga taşrifi hududni rivojlantiriş, aholi farovonligini yuksaltiriş va istiqbolli vazifalarni belgilaş nuqtai nazaridan muhim siyosiy-ijtimoiy voqea böldi. Zero, taşrif davomida bunga asos böluvçi köplab loyihalarga qöl urildi, kelajak rejalar belgilab berildi.
Bugungi globallaşuv hamda jadal texnologik taraqqiyot davrida oliy taʼlim muassasalarining jamiyatdagi örni va masʼuliyati tobora ortib bormoqda. Zamonaviy universitet faqat talabalarga nazariy bilim beradigan yoki mutaxassislar tayyorlaydigan muassasa emas. U ilmiy tafakkurni rivojlantiradigan, yangi ğoyalarni yuzaga çiqaradigan, intellektual salohiyatni şakllantiradigan, milliy qadriyatlar va umuminsoniy tamoyillarni uyğunlaştiradigan muhim ijtimoiy-maʼrifiy markazdir. Şu nuqtai nazardan, taʼlim kampusi tuşunçasi alohida mazmun va ahamiyat kasb etadi. Çunki kampus deganda faqat öquv binolari, maʼruza zallari, laboratoriyalar va talabalar turar joylarining bir hududda joylaşganini emas, balki taʼlim oliş, ilmiy izlaniş, mustaqil fikrlaş, ijod qiliş va şaxs sifatida kamol topiş uçun zarur şart-şaroitlar yaratilgan yaxlit muhitni tuşuniş lozim.
Qarşi davlat universiteti misolida taʼlim kampusi ahamiyatini baholar ekanmiz, avvalo, Qaşqadaryo viloyatining ilmiy-maʼrifiy salohiyatini yuksaltiriş, yoşlarning sifatli oliy taʼlim oliş imkoniyatini kengaytiriş hamda hududning intellektual taraqqiyotiga munosib hissa qöşiş kabi muhim vazifalarni nazarda tutiş kerak.
Zamonaviy taʼlim tizimida kampusga bölgan yondaşuv anʼanaviy öqitiş usullaridan ança farq qiladi. Anʼanaviy yondaşuvda asosiy eʼtibor öquv maşğulotlarini taşkil etiş va öquv dasturlarini bajarişga qaratilgan bölsa, kampus modelida taʼlim jarayoni talabaning butun hayoti bilan uzviy boğliq holda taşkil etiladi.
Bunday muhitda auditoriyadagi maʼruza, kutubxonadagi mustaqil mutolaa, laboratoriyadagi tajriba, ilmiy tögarakdagi muhokama, sport maydonidagi maşğulot va madaniy tadbirlardagi iştirok bir-birini töldiruvçi yaxlit jarayonga aylanadi.
Taʼlim kampusining samaradorligi, eng avvalo, unda yaratilgan imkoniyatlarning talabalar ehtiyojlariga qay darajada mosligi bilan belgilanadi. Bunda quyidagi yönalişlar muhim ahamiyatga ega:
— zamonaviy talablarga javob beradigan öquv auditoriyalari va laboratoriyalar;
— elektron kutubxona, raqamli taʼlim resurslari va mustaqil taʼlim oliş uçun qulay muhit;
— ilmiy tadqiqotlar qiliş, loyihalar işlab çiqiş va innovatsion ğoyalarni amalga oşiriş imkoniyatlari;
— talabalarning jismoniy salomatligi, maʼnaviy kamoloti va ijtimoiy faolligini qöllab-quvvatlaydigan şaroitlar;
— nogironligi bölgan şaxslar uçun tösiqsiz muhit, xavfsiz harakatlaniş va teng taʼlim imkoniyatlari;
— talabalar va professor-öqituvçilar örtasida oçiq muloqot, hamkorlik va özaro hurmatni taʼminlaydigan munosabatlar.
Demak, haqiqiy taʼlim kampusini şunçaki zamonaviy arxitektura yoki obod hudud deb tuşuniş notöğri. Uning asosiy mezoni inson kapitaliga, taʼlim sifatiga va ilmiy natijalarga qöşadigan hissasidir.
Qarşi davlat universitetining taʼlim va ilmiy faoliyatini rivojlantiriş masalasiga Qaşqadaryo viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti bilan boğliq holda qaraş maqsadga muvofiq. Çunki hududning barqaror rivoji, avvalo, malakali kadrlar, ilmiy asoslangan boşqaruv, zamonaviy texnologiyalar va yuksak bilimga ega insonlarga boğliq. Universitet kampusini rivojlantiriş şu ehtiyojlarga javob beradigan muhim yönalişlardan biri bölişi mumkin. Bunda taʼlim jarayonini mehnat bozori talablari bilan muvofiqlaştiriş, iş beruvçilar bilan hamkorlikni mustahkamlaş, ilmiy işlanmalarni amaliyotga joriy etiş va talabalar kasbiy salohiyatini erta bosqiçdan rivojlantirişga alohida eʼtibor qaratiş lozim. Masalan, iqtisodiyot, huquqşunoslik, pedagogika, tabiiy va aniq fanlar, axborot texnologiyalari hamda boşqa sohalar böyiça taʼlim olayotgan talabalarning öz yönalişiga mos amaliy maşğulotlar, ilmiy loyihalar va kasbiy hamkorlik dasturlarida iştirok etişi ularning nazariy bilimlarini mustahkamlaydi.
Zamonaviy mutaxassis faqat öz sohasini bilişi bilan çeklanib qolmasligi kerak. U jamoada işlaş, muammolarni tahlil qiliş, mustaqil qaror çiqariş va yangi şaroitlarga moslaşiş qobiliyatiga ham ega bölişi kerak.
Universitetda taʼlim kampusini rivojlantirişga doir har qanday taşabbusning asosiy maqsadi talabalarning şu sifatlarini şakllantirişga qaratilgan.
Haqiqiy salohiyat faqat binolar, auditoriyalar yoki talabalar soni bilan ölçanmaydi. Uning samarasi professor-öqituvçilar tadqiqotlari, yaratilgan ilmiy işlanmalar, xalqaro hamkorlik, intellektual mahsulotlar va jamiyat muammolariga taklif etilayotgan amaliy yeçimlarda namoyon böladi. Şu sababli taʼlim kampusida ilm-fanni rivojlantiriş uçun qulay va rağbatlantiruvçi muhit yaratiş ustuvor vazifalardan biridir. Bunday muhitda professor-öqituvçi yangi bilimlar yaratuvçi, yoş tadqiqotçilarni qöllab-quvvatlovçi va ilm-fanning jamiyat hayotidagi ahamiyatini namoyon etuvçi şaxs sifatida qadrlanadi. Talaba esa tayyor maʼlumotlarni özlaştirişdan taşqari savol qöyadigan, dalillarni tahlil qiladigan, mustaqil xulosa çiqaradigan va ilmiy izlanişga intiladigan faol iştirokçiga aylanadi. Ana şu maqsadda universitetda ilmiy seminarlar, fan tögaraklari, yoş olimlar forumlari, startap loyihalar, innovatsion ğoyalar tanlovlari va ilmiy natijalar taqdimotlari tizimli taşkil etib kelinmoqda. Ayniqsa, bakalavriat bosqiçidanoq talabalarni ilmiy izlanişlarga jalb qiliş, kurs işlari va bitiruv malakaviy işlarini real ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va texnologik muammolar bilan boğlaş kelgusida yuqori malakali kadrlar tayyorlaşga xizmat qilmoqda.
Kampusdagi kutubxona va axborot-resurs markazlari imkoniyatlarini kengaytiriş, ilmiy maʼlumotlar bazalaridan foydalaniş könikmalarini şakllantiriş ham alohida ahamiyatga ega. Zero, mustaqil fikrlaydigan mutaxassisning eng muhim xususiyatlaridan biri işonçli manbalar bilan işlaş, axborotni tanqidiy baholaş va dalillarga tayangan holda xulosa çiqarişdir.
XXI asrda raqamli texnologiyalar taʼlim mazmuni va şakllarini tubdan özgartirmoqda. Elektron kutubxonalar, virtual laboratoriyalar, raqamli taʼlim platformalari, masofaviy muloqot vositalari va sunʼiy intellekt texnologiyalari taʼlim oliş imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Şu bois, zamonaviy taʼlim kampusi raqamli infratuzilma bilan ham uzviy boğliq bölişi kerak.
Qarşi davlat universitetida raqamli taʼlim muhitini rivojlantiriş istiqbollarini belgilaşda elektron öquv materiallarini takomillaştiriş, talabalarning mustaqil taʼlimini qöllab-quvvatlaş, professor-öqituvçilarning raqamli kompetensiyalarini oşiriş va taʼlim natijalarini xolis baholaşga xizmat qiluvçi texnologiyalarni qöllaşga muhim yönalişlar sifatida qaraladi.
Sunʼiy intellektdan foydalanişda ham ilmiy halollik, mualliflik huquqi, şaxsiy maʼlumotlarni himoya qiliş va axborot xavfsizligi talablariga rioya etiş zarur. Şu maʼnoda, zamonaviy kampus talabalarni nafaqat raqamli vositalardan foydalanişga, balki ulardan ongli, masʼuliyatli va samarali foydalanişga ham örgatişi kerak.
Taʼlim kampusi ahamiyatini faqat öquv va ilmiy faoliyat bilan çeklaş mumkin emas. Çunki oliy taʼlimning boş maqsadi kasbiy bilimga ega mutaxassis tayyorlaş bilan birga mustaqil fikrlaydigan, yuksak maʼnaviyatli, vatanparvar va ijtimoiy masʼuliyatni his etadigan şaxsni şakllantirişdir.
Kampusdagi muhit talabaning dunyoqaraşi, muloqot madaniyati, jamoada işlaş qobiliyati va hayotiy pozitsiyasiga taʼsir körsatadi. Şuning uçun universitetimizda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar taʼlim jarayonidan ajralmagan holda uning mantiqiy davomi sifatida taşkil etilmoqda.
Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Kitob insonni fikrlaş, voqea-hodisalarni çuqur anglaş, öz qaraşlarini asoslaş va boşqalarning fikrini hurmat qilişga örgatadi. Buning uçun kampusda mutolaa uçun qulay joylar, kitob muhokamalari, ijodiy uçraşuvlar va intellektual bahslar taşkil etilişi yoşlarning maʼnaviy kamolotiga ijobiy taʼsir körsatyapti.
Eng muhimi, universitetda har bir talaba qobiliyatini namoyon etişi, özini qadrlangan his qilişi va kelajakka işonç bilan qaraşi uçun şaroit yaratilmoqda.
Zamonaviy taʼlim kampusi qonuniylik, adolat, inson qadr-qimmati va özaro hurmat tamoyillariga asoslangan muhit bölişi kerak.
Xavfsiz kampus faqat jismoniy xavflardan himoyalangan hudud emas. U, şuningdek, tazyiq, zöravonlik, haqoratlaş, kamsitiş va boşqa nomaqbul munosabatlarning oldini olişga qaratilgan taşkiliy va maʼrifiy çoralar tizimini ham qamrab oladi. Bunda talabalarning huquqiy savodxonligini oşiriş, murojaat qiliş mexanizmlari haqida tuşunça beriş, nizolarni qonuniy hal etiş madaniyatini şakllantiriş va universitet jamoasida özaro işonçni mustahkamlaş muhimdir. Huquqiy madaniyati yuksak bölgan taʼlim muhitida talaba nafaqat huquqlarini biladi, balki boşqalarning huquq va manfaatlarini ham hurmat qilişni örganadi. Demak, huquqiy madaniyat kampus hayotining alohida tadbiri emas, balki uning kundalik faoliyatida namoyon böladigan asosiy qadriyatlardan biridir.
Har qanday taʼlim islohotining natijasi, avvalo, inson hayotidagi ijobiy özgarişlar bilan ölçanadi. Şu nuqtai nazardan, taʼlim kampusini rivojlantirişda moddiy-texnik infratuzilma bilan bir qatorda inson kapitaliga sarmoya kiritişga ham alohida eʼtibor qaratiş zarur.
Professor-öqituvçilarning kasbiy rivojlanişi, ilmiy izlanişlari uçun imkoniyatlar yaratilişi, mehnati munosib qadrlanişi va pedagogik taşabbuslari qöllab-quvvatlanişi taʼlim sifatini oşirişning muhim omillaridir.
Şu bilan birga, ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar uçun teng imkoniyatlar yaratiş, taʼlim olişdagi tösiqlarini kamaytiriş va iqtidorli yoşlarni rağbatlantiriş ham muhim vazifa. Kampusdagi şaroit insonning taʼlim oliş, qobiliyatini rivojlantiriş va jamiyatga foyda keltiriş imkoniyatini kengaytirişi lozim. Ana şunda infratuzilmaga kiritilgan sarmoya uzoq muddatli ijtimoiy samara beradi.
Qarşi davlat universitetida taʼlim kampusini zamonaviy talablar asosida rivojlantiriş masalasiga tizimli yondaşib kelinmoqda. Yoş olimlar va iqtidorli talabalar taşabbuslarini rağbatlantiriş, ilmiy işlanmalarni amaliyot bilan boğlaş mexanizmlari kengaytirilmoqda.
Talabalarning mustaqil taʼlim olişi, ijodiy salohiyatini namoyon etişi va kasbiy könikmalarini şakllantirişi uçun qulay muhit yaratilyapti.
Kampusni boşqarişda şaffoflik, resurslardan oqilona foydalaniş, jamoatçilik fikrini inobatga oliş va natijadorlikni baholaş mexanizmlari kuçaytirilmoqda.
Ekologik madaniyatni rivojlantiriş, yaşil hududlarni asraş, energiya va suv resurslaridan tejamkor foydalaniş hamda çiqindilarni oqilona boşqarişga qaratilgan taşabbuslar faol qöllab-quvvatlanyapti. Xalqaro hamkorlik kengaytirilib, xorijiy universitetlar bilan akademik almaşinuv va qöşma ilmiy loyihalar yölga qöyilmoqda. Natijada professor-öqituvçilarning global taʼlim makonidagi iştiroki ança kengaydi.
Kampusdagi özgarişlarni baholaşda faqat sarflangan mablağ yoki qurilgan obyektlar soniga emas, taʼlim sifati, ilmiy natijalar, talabalar qoniqişi, bitiruvçilar bandligi va yaratilgan imkoniyatlar samarasi muhim. Çunki zamonaviy kampus taʼlim, ilm-fan, maʼnaviyat, huquqiy madaniyat, raqamli taraqqiyot va ijtimoiy masʼuliyat uyğunlaşgan muhitdir. Uning mavqei faqat taşqi körinişi yoki moddiy imkoniyatlaridan taşqari şu muhitda bilimli, taşabbuskor, mustaqil fikrlaydigan va jamiyat oldidagi masʼuliyatini anglaydigan qança yoş kamol topişi bilan belgilanadi.
Universitetda yaratilgan har bir qulaylik, yölga qöyilgan har bir ilmiy loyiha, qöllab-quvvatlangan har bir talaba taşabbusi va ustozning mehnati kelajak taraqqiyotiga qöşilgan hissadir. Şu bois, taʼlim kampusini rivojlantirişni faqat bugungi kun ehtiyojlarini qondiriş bilan çeklamasdan, kelgusi avlodlar uçun munosib intellektual va maʼnaviy muhit yaratiş vazifasi sifatida baholaş lozim.
Taʼlim kampusiga sarmoya — insonga sarmoya. Insonga sarmoya esa mamlakatning ertangi kuniga qöyilgan eng işonçli poydevor. Ana şu haqiqatni anglagan holda, taʼlim, ilm-fan va bunyodkorlik yölidagi har bir saʼy-harakatni qadrlaş, qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş inson kamoloti va yangi Özbekiston taraqqiyoti uçun muhim asosdir.
Abdurahmon YOQUBOV,
Qarşi davlat universiteti professori