Mayami universiteti Biznes maktabi mutaxassislarining tadqiqoti şuni körsatdiki, smartfon orqali xarid qiliş odamlarda öz tanlovi haqida yetarliça öylab körmaganlik hissini uyğotişi mumkin. Şu bilan birga, amalda ularning yeçimlari sifati kompyuterdan foydalanişdagidan aslo yomon emas, deb şarhlaydi vokrugsveta.ru.
Tadqiqotçilar mobil xaridlar konversiyasidagi tafovutni örganişdi: odamlar smartfonlarda köproq mahsulotlar qidirişadi va takliflarni taqqoslaydi. Ammo uşbu qurilmalar orqali xarid qilişni kamroq yakunlaşar ekan. Buning sababini aniqlaş uçun olimlar dastlabki tadqiqot, töqqizta tajriba ötkazdi. Haqiqiy savdo maʼlumotlarini tahlil qilib, dala tajribasini taşkil qilişdi.
Maʼlum bölişiça, smartfon foydalanuvçilari öz qarorlari töğriligiga köpinça şubhalanişadi. Ular tovarni kompyuter orqali sotib olgandagiga qaraganda yomonroq tanlov qilaman deb öylaşadi, garçi tajribalar buning aksini körsatgan bölsa-da: tovarlarni baholaş böyiça topşiriqlarni bir xil darajada yaxşi bajarişadi.
Tadqiqotçilar buni odatlar bilan izohlaydi. Jumladan kiçik ekran xususiyatlarni taqqoslaş uçun noqulayroq tuyulişi mumkin. Qurilmalarning özi esa turli xil tasavvurlarni uyğotadi. Aytaylik, kompyuterlar köpinça iş va jiddiy vazifalarni bajaradi, smartfonlar esa yöl-yölakay köngiloçar öyinlar bilan boğlangan degan öy şunday xulosa uyğotar. Natijada insonda tanlovga yetarliça eʼtibor bermaganlik hissi paydo böladi.
Bunday şubhalar xaridorni xaridni keçiktirişga, kompyuterga ötişga yoki mahsulotdan butunlay voz keçişga majbur qilişi mumkin. Şu bilan birga, uzoq öylaşni talab qilmaydigan odatiy va kundalik xaridlar haqida gap ketganda, taʼsir kuçsizroq böladi.
Xaridorlarga qaror qabul qilişda qanday yordam beriş mumkin?
Olimlar xaridorlarning xavotirini kamaytiriş mumkinligini tekşirib körişdi. Bir tajribada ular dökon xabarlariga obuna böliş reklamasiga “Öylaş ötirmang!” iborasini qöşişdi. Smartfon foydalanuvçilari obuna sahifasiga taxminan 44% köproq ötişni boşladi. Kompyuter egalariga bu taʼrif taʼsir qilmadi.
Boşqa bir tajriba şuni körsatdiki, sovğalar internet-dökonida mijozlarga şaxsiy sovğa tanlaş xizmati taklif qilinganda, smartfonlar va kompyuterlardan xaridlar soni örtasidagi farq yarmidan köproqqa kamaydi.
Tadqiqot mualliflarining fikriça, dökonlar uçun saytning mobil versiyasini tez va qulay qiliş yetarli emas. Xaridorlarga mahsulotlarni tuşunarli taqqoslaş, qisqa tavsiflar va variantlarni baholaş vositalari ham yordam beradi.
Isteʼmolçilarning özlariga esa olimlar qaror yetarliça öylab körilmagandek tuyğuni tanlovning haqiqiy sifati bilan adaştirmaslikni maslahat beradi. Baʼzida smartfon, hatto hamma narsani töğri qilganimizda ham, bizni özimizga şubha qilişga majbur qiladi.