Belgilangan vazifalarni sifatli va samarali amalga oshirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda Toshkent shahrida sohani yangi bosqichga olib chiqish maqsadida, yangi tayinlovlarni amalga oshirdik.
Unga ko‘ra, Baxromov Bekzod Baxrom o‘g‘li Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Shuningdek, xalqimizning sevimli so‘z ustasi Isroilov Shukurillo Axmadkulovich Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.