Bu haqda Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqov O‘zAga bergан intervyusida ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, hozirgi bozorlаr ko‘rinishi va biznes modeli jihatidan zamonaviy talablarга to‘liq javob bermaydi.
Investorlar oldiga uchta qat’iy shart qo‘yiladi. Ular belgilangan hajmdagi savdo rastalarini zamonaviy shaklda qurib, davlatga topshirishi, mavjud tadbirkorlarning ish o‘rinlarini saqlashi va yetarli sig‘imda avtoturargoh barpo etishi kerak.
Investorlarga faqat samarasiz foydalanilayotgan maydonlarda savdo, xizmat ko‘rsatish va ko‘ngilochar obyektlar qurish huquqi beriladi.
Shavkat Umrzoqov «Ekobozor» tajribasi ushbu model ishlashini ko‘rsatganini ta’kidladi.
U xalqaro tajribaga ham to‘xtalib, Rotterdamdagi Markthal va Lissabondagi Time Out Market kabi loyihalarda tarixiy bozor funksiyasi saqlangan holda, ular shaharning zamonaviy va gavjum jamoat makonlariga aylanganini misol keltirdi.
«Bizning bozorlаrimiz ham milliy muhitini saqlagan holda aynan shunday rivojlanishi kerak», — dedi shahar hokimi.
Shu tariqa, bozorlаrni modernizatsiya qilishdan asosiy maqsad ularning faoliyatini to‘xtatish emas, balki mavjud tadbirkorlik faoliyatini saqlagan holda savdo va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, shahar muhitini yaxshilash va samarasiz foydalanilayotgan hududlardan unumli foydalanishdan iborat.