Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi va Soliq qo‘mitasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “E.P.”, “M.M.” va “E.S.” MChJlar mas’ul shaxslari o‘zaro til biriktirib, go‘yoki 322,4 mlrd so‘mlik mahsulotlar yetkazib berilganligi haqida soxta ma’lumotlar rasmiylashtirib, savdodan tushgan pullarni nazorat kassa mashinalari orqali kirim qilib, fuqarolarga sotganligi haqida 3 363 dona xarid cheklarini chiqarib, ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan fuqarolarga “Soliq Mobile” ilovasi orqali “Keshbek” sifatida to‘lab berib, 1,4 mlrd so‘m budjet mablag‘larini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.