Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, podstansiyadagi 110 kV tarmoqda texnik nosozlik yuzaga kelgan. Oqibatda “Toshkent IEM”dagi 2 ta gaz turbina qurilmasi jami 60 MVt quvvat bilan o‘chgan.
Natijada Toshkent shahrining Yakkasaroy, Chilonzor, Mirobod va Uchtepa tumanlari hamda Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi 55 mingta iste’molchi, shuningdek, ayrim kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalarining elektr ta’minoti uzilgan.
Tezkor avariya-tiklash ishlari natijasida:
21:50 da Yakkasaroy, Chilonzor va Uchtepa tumanlaridagi 90 MVt yuklamadagi iste’molchilarning elektr ta’minoti tiklandi;
29-iyun soat 00:08 da Mirobod tumanidagi 50 MVt yuklamadagi iste’molchilarning elektr ta’minoti tiklandi;
00:09 da Yakkasaroy va Chilonzor tumanlaridagi yana 8 MVt yuklamadagi iste’molchilarning elektr ta’minoti tiklandi;
00:25 da Chilonzor tumani hamda Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi 55 MVt yuklamadagi iste’molchilarning elektr ta’minoti tiklandi.
Hozirda Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi 2 MVt yuklama bo‘yicha tiklash ishlari davom etmoqda.