Joriy yilning 30-iyun kuni soat 05:10 larda Toshkent shahar Yunusobod tumani Amir Temur – Bog‘ishamol ko‘chalari chorrahasida, "Lacetti" rusumli transport vositasi Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan vaqtida, o‘zidan o‘ng tomondan harakatlanib kelgan "KIA K5" rusumli avtomobil bilan to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.