Maʼlum bo‘lishicha, Qozog‘iston fuqarosi shu kuni Sergeli tumaniga avtomobil xarid qilish maqsadida kelgan. Biroq mashina xarid qila olmagan fuqaro o‘zi bilan olib kelgan 10 ming AQSh dollarini yo‘qotib qo‘ygan.

Keyinchalik mazkur pul metropoliten hududida xizmat vazifasini bajarayotgan Metropolitenda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi xodimi tomonidan topib olingan.

Tegishli choralar ko‘rilib, pul mablag‘larining qonuniy egasi aniqlangan. 10 ming AQSh dollari belgilangan tartibda to‘liq holda egasiga qaytarilgan.

— Pulimning hammasi qaytarildi. Barchangizga rahmat. Ichki ishlar xodimlariga alohida minnatdorlik bildiraman. Juda tez harakat qilishdi, — dedi Qozog‘iston fuqarosi.

Halollik, masʼuliyat va fuqarolarga ko‘mak ko‘rsatish — ichki ishlar xodimining muhim fazilatlaridan biridir.