Toşkent şahar hokimi Şavkat Umurzoqov AQŞdagi uçraşuvi davomida RS Capital Engineering kompaniyasining Rossiya va Markaziy Osiyo böyiça direktori Frederik Falkenberg bilan muzokara ötkazdi. Uçraşuvda yangi taşkil etilgan «Yangi avlod» maxsus sanoat zonasida yuqori texnologiyali işlab çiqariş loyihalarini amalga oşiriş böyiça hamkorlik hujjatlari imzolandi.

Maʼlum qilinişiça, INNOVATION TEÇNOLOGIES zavodini taşkil etiş loyihasining umumiy qiymati 42 million dollarni taşkil etadi. Şundan 29,4 million dollari töğridan-töğri xorijiy investitsiyalar hisoblanadi. Kelgusida loyihalarni kengaytiriş salohiyati esa 200 million dollardan ziyod baholanmoqda.

29,2 gektar maydonda barpo etiladigan korxonada 180 dan ortiq turdagi mahsulot, jumladan, transformatorlar, generatorlar, elektr dvigatellari, nasoslar, podstansiyalar va taqsimlaş qurilmalari işlab çiqarilişi rejalaştirilgan. Dastlabki bosqiçda mahalliylaştiriş darajasi 45 foizga yetkaziladi. Loyiha doirasida 650 ta iş örni yaratiş hamda mahalliy mutaxassislarni Amerika standartlari asosida tayyorlaş közda tutilgan.

Korxonada lazerli kesiş, robotlaştirilgan payvandlaş, raqamli dasturiy boşqaruv dastgohlari va sinov laboratoriyasi faoliyat yuritadi. Şuningdek, yirik metall buyumlar va murakkab metall konstruksiyalar işlab çiqariş ham özlaştiriladi. Mahsulotlar ANSI/IEEE Amerika standartlari va mintaqaviy bozorlar talablariga muvofiq tayyorlanadi.

Loyihaning muhim yönalişlaridan yana biri — maʼlumotlar markazlari uçun energetika uskunalari, yuqori texnologiyali mis mahsulotlari, raqamli podstansiyalar, sovitiş tizimlari uçun generator va nasoslar işlab çiqarişdir.

Muzokaralarda qayta tiklanuvçi energiya manbalari sohasidagi hamkorlik masalalari ham körib çiqildi. Xususan, AQŞning Kaliforniya ştatida suğoriş kanallari ustiga quyoş panellarini örnatiş tajribasi taqdim etildi. Uşbu texnologiyani Toşkent şahri yoki viloyatida sinovdan ötkaziş taklif qilindi. Bu orqali qöşimça yer maydoni ajratmasdan elektr energiyasi işlab çiqariş va suvning buğlanişini kamaytiriş mumkin.

Işlab çiqarilgan mahsulotlarni dastlab Markaziy Osiyo va MDH davlatlariga, keyinçalik esa AQŞ bozoriga yetkazib beriş rejalaştirilgan. Bunda işlab çiqariş hajmi aniq buyurtmalar asosida şakllantiriladi.

Zavodning birinçi bosqiçini 2027-yil oxirida işga tuşiriş möljallangan. Loyiha amalga oşirilişi natijasida misni çuqur qayta işlaş, yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar işlab çiqariş, mahalliy korxonalar uçun yangi buyurtmalar yaratiş va import energetika uskunalariga qaramlikni kamaytiriş imkoniyati paydo böladi.