Shu kuni poytaxt ko‘chalarida jami 1 million 502 ming 57 ta transport vositasi harakatlandi. Bu 3 sentabrdagi ko‘rsatkichga nisbatan 14 ming 807 taga yoki 1 foizga ko‘p, deya xabar bermoqda Toshkent shahrida Yo‘l harakatini tashkil etish markazi.
Qayd etilishicha, kun davomida yo‘l harakati qoidalarini buzish bilan bog‘liq 4 ming 751 ta holat qayd etildi.
Kunning eng gavjum vaqtlarida 6 ta chorrahada tirbandlik darajasi 7 ballga yetdi, yana 1 ta chorrahada esa bu ko‘rsatkich 7 balldan oshdi.
Tirbandlik kuzatilgan nuqtalarda transport oqimini barqarorlashtirish maqsadida svetoforlarning ish rejimi muvofiqlashtirilib, ayrim yo‘nalishlarda yashil signal vaqti uzaytirildi. Shuningdek, harakatni tartibga solish uchun zarur chorrahalarga YPX xodimlari jalb qilindi.
4 sentabr kuni Toshkentda 170 ta yo‘nalishda 1 ming 670 ta avtobus harakatlanib, ular orqali 1 million 228 ming 158 nafar yo‘lovchi tashildi. Metropoliten’dan esa 862 ming 53 nafar yo‘lovchi foydalandi.
Toshkent shahar Yo‘l harakatini tashkil etish markazi tomonidan poytaxt ko‘chalaridagi transport oqimi, tirbandlik darajasi hamda jamoat transporti harakati doimiy monitoring qilib borilmoqda. Vaziyatlar markazida harakat intensivligidan kelib chiqqan holda svetoforlarning ish rejimiga tezkor o‘zgartirishlar kiritilmoqda.