Bu haqda Qişloq xöjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning Ummon Sultonligiga taşrifi doirasida «Harvest Circular Agri-Teç» kompaniyasi asosçisi Muhammad Saad Ali bilan ötkazilgan uçraşuvda maʼlum qilindi.

Qayd etilişiça, zavodning yillik işlab çiqariş quvvati 3 million litrni taşkil etadi. Loyiha doirasida 65 tagaça yangi iş örni yaratilişi közda tutilgan.

Uçraşuvda bor kislotasi, kalsiy, magniy va molibden asosidagi öğitlar işlab çiqariş, ekinlarni barg orqali oziqlantiriş, yaylovlar hosildorligini oşiriş hamda mahsulotlarni fermerlarga maqbul narxlarda yetkazib beriş masalalari muhokama qilindi.

Şuningdek, kompaniyaning ekin turiga qarab öğitlarni tavsiya qiluvçi raqamli platformasini «Agrokömakçi» ilovasiga integratsiya qiliş böyiça kelişuvga erişildi.

Mazkur loyiha import örnini bosuvçi mahsulotlar işlab çiqarişni yölga qöyiş, mahalliy işlab çiqarişni rivojlantiriş, fermerlar xarajatlarini kamaytiriş hamda mahsulotlarni Markaziy Osiyo davlatlariga eksport qiliş imkoniyatlarini kengaytirişga qaratilgan.