Loyiha Kasbiy ta’lim agentligi va «China Oriental Education Holdings» kompaniyasi hamkorligida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Texnikumda BYD, Chery va JAC kabi Xitoy avtomobil ishlab chiqaruvchilarining ehtiyojlari asosida mutaxassislar tayyorlanadi. O‘quvchilarga korxonalarda amaliy tajriba orttirish imkoniyati ham yaratiladi.
Shuningdek, mahalliy pedagoglarning Xitoyda malaka oshirishi tashkil etiladi. Ta’lim jarayoniga mahalliy va xorijiy mutaxassislar jalb qilinadi.
O‘qish kunduzgi, kechki va dual shakllarda, to‘lov-kontrakt asosida tashkil etiladi.
Texnikum bitiruvchilari O‘zbekistonda tan olinadigan kasbiy ta’lim diplomlari hamda xalqaro sertifikatlarga ega bo‘ladi.