Mudofaa vazirligi maʼlumotiga koʻra, feerverk bogʻ hududida ishga tushiriladi. Bayram tadbiri munosabati bilan poytaxt aholisi va mehmonlari yorqin tomoshaga taklif etilmoqda.

Shuningdek, mushakbozlikni Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining rasmiy Telegram-kanali orqali jonli efirda ham tomosha qilish mumkin.

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tashkil etilayotgan mazkur tadbir urush va mehnat faxriylariga ehtirom, tinchlik va osoyishtalik qadrini ulugʻlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.