Buning uchun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi dshk.shaffofqurilish.uz geoportalidan foydalanish mumkin. Tizim orqali qurilish obyektlarining holati, ularning qonuniyligi hamda shaharsizlik hujjatlariga oid ma’lumotlarni tekshirish imkoni bor, deya xabar beradi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati.
Xabarda aytilishicha, portaldagi maxsus reyestrda qonunbuzarlik aniqlangan obyektlarning manzili, maydoni va fotosuratlari joylashtirilgan.
Xaritadagi rangli belgilar orqali obyekting holatini ham aniqlash mumkin. Xususan, ko‘k rang qurilish qonuniy ravishda davom etayotganini, qizil rang qurilish ishlari to‘xtatilganini, qora rang esa qurilish bekor qilinganini anglatadi.
Agar qurilayotgan obyekt xaritada umuman aks etmagan bo‘lsa, bu uning rasmiy ro‘yxatdan o‘tmaganini anglatishi mumkin.
Shuningdek, tizim orqali obyekt davlat nazoratida ekanligi, yaqin vaqtda buzilish yoki renovatsiya rejasiga kiritilgan-kiritilmaganini ham oldindan aniqlash mumkin.
Mutaxassislar fuqarolarga uy-joy yoki boshqa ko‘chmas mulkka mablag‘ kiritishdan oldin obyekt haqidagi ma’lumotlarni mazkur baza orqali tekshirib olishni tavsiya etmoqda.