Muqaddas “Umra” ziyoratini taşkil etiş qonunçilikda belgilangan tartib va talablar asosida, tegişli ruxsatga ega taşkilotlar tomonidan amalga oşirilişi lozim. Biroq, ayrim şaxslar moddiy manfaat topiş ilinjida fuqarolarni noqonuniy ravişda Saudiya Arabistoni Podşohligiga yuborişga urinmoqdalar.
Jumladan, Davlat xavfsizlik xizmatining Toşkent viloyati böyiça boşqarmasi hamda viloyat Içki işlar boşqarmasi xodimlari Bekobod şahrida faoliyat yurituvçi sayyohlik firmasi rahbarining noqonuniy harakatiga çek qöyişdi.Xususan, mazkur şaxs “Umra” safariga yuboriş huquqiga ega bölmasdan turib, 3 nafar fuqaroni ezgu amallarni bajarişlari uçun Saudiya Arabistoniga jönatiş evaziga 3450 AQŞ dollari olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Hozirda unga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Boşqa holatda esa Samarqand şahrida faoliyat yurituvçi, lekin tegişli litsenziyaga ega bölmagan sayyohlik firmasi rahbari 4 nafar fuqaroning işonçiga kirib, ularni “Umra” ziyoratiga yuboriş evaziga 6000 AQŞ dollari olgan vaqtida DXX va IIB xodimlari tomonidan uşlandi. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.