Samarqand şahrida faoliyat yurituvçi sayyohlik firmasi rahbari “Umra” ziyoratini ado etiş istagida bölgan uç nafar fuqaroning işonçini suisteʼmol qilib, ularni “Umra”ga yuboriş va muqaddas amallarni bajarişga zarur barça şaroitlarni yaratib berişni vaʼda qilgan. Uşbu xizmatlar evaziga esa 3 750 AQŞ dollari talab qilgan. DXX Samarqand viloyati böyiça boşqarmasi va viloyat IIB hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbir davomida firma rahbari oldindan kelişilgan mablağning 3 000 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.