Maʼlum qilinishicha, Urgut tumanida yashovchi 1990, 1998 va 2008 yillarda tug‘ilgan uch nafar mahalliy fuqaro 2 kilogramm 80 gramm «gashish» giyohvandlik vositasini shartli xaridorga 27,4 ming AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Taʼkidlanishicha, ushbu shaxslardan biri muqaddam ham giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyat sodir etgani uchun sudlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq, mazkur turdagi jinoyatni sodir etganlik uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.