Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o'tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro I.J. boshqa bir fuqaro A.ga tanishlari yordamida tijorat banklarining biridan uy-joy qurish uchun 150 mln so'm kredit ajratib berish hamda hech qayerda ishlamasada ish xaqi hisoblanganligi haqida ma'lumotnoma olib berish evaziga jami 1 900 AQSH dollari va 280 ming so'mini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda. Bu haqida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Uy-joy qurish uchun kredit olib berishni va'da qilgan firibgar ushlandi
Fuqaro tijorat banklarining biridan uy-joy qurish uchun 150 million so'm kredit ajratib berish hamda hech qayerda ishlamasada ish xaqi hisoblanganligi haqida ma'lumotnoma olib berish evaziga pora talab qilgan.
Suvdan qarzdor bölganlar elektr uçun ham tölov qila olmay qolişi mumkin
- Google Özbekistondagi islohotlarni yuqori baholadi: Google Pay işga tuşişi bunga misol böldi
- Havo ifloslanganda qanday tibbiy tavsiyalarga amal qiliş kerak?
- Namanganda elektr tarmoqlari xodimlari pora bilan uşlandi
- Özbekiston Birinçi xonimi Turkiy davlatlar taşkiloti Oila va xotin-qizlar kengaşining birinçi yiğilişida iştirok etdi
- Mirvohid Azimov Turkiy davlatlar taşkiloti boş kotibi etib tayinlandi