Uning taʼkidlaşiça, joriy yilda issiqlik taʼminoti tizimini modernizatsiya qiliş uçun davlat byudjetidan 765 milliard söm yönaltirilmoqda.
«Vazir örinbosari sifatida ajratilgan mablağlarning har bir sömi maqsadli va samarali sarflanişini, modernizatsiya loyihalari öz vaqtida hamda sifatli amalga oşirilişini kafolatlayman», — dedi Ozoda Jörayeva.
Şuningdek, 2030-yilgaça issiqlik taʼminoti qamrovini hozirgi 37–38 foizdan 58 foizga yetkaziş rejalaştirilgani maʼlum qilindi.
Vazir örinbosarining aytişiça, issiqlik taʼminoti barqarorligi nafaqat qozonxonalar, balki gaz bosimi, elektr energiyasi va suv taʼminotiga ham bevosita boğliq.
Şu bois gaz bosimi pasaygan holatlarda foydalaniş uçun dizel yoqilğisi zaxirasi şakllantirilgan, elektr taʼminotida uzilişlar yuz berganda işlatiş uçun qöşimça generatorlar örnatilgan.
«Qozonxonalar va issiqlik tarmoqlari kuz-qiş mavsumiga 100 foiz tayyor, deb ayta olaman. Favqulodda vaziyatlarni inobatga olgan holda barça zaxira materiallarimiz tayyor. Dispetçerlik xizmatlari ham keçayu kunduz işlaşga şay», — dedi u.