Ma’lum qilinishicha, yil boshidan buyon dunyodagi eng yirik avtomobil bozorida chakana savdo hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,8 foizga kamayib, 11,716 millionta avtomobilni tashkil etgan.
Asosiy pasayish ichki yonuv dvigatelli avtomobillar segmentiga to‘g‘ri keldi. Ularning savdosi 45 foizga keskin tushib ketdi. Ko‘rsatkichlarga Hormuz bo‘g‘ozidagi vaziyat sabab Xitoyda benzin narxining bir tonnasiga 1 720 yuandan (taxminan 117 ming tenge) ortiqqa qimmatlashishi ta’sir ko‘rsatgan.
Avtomobillar eksporti avgust oyida aksincha o‘sish dinamikasini namoyish etib, 77,8 foizga oshib, 888 ming donani tashkil etdi. Mahalliy brendlarning tashqi bozorlarga yetkazib berilgan avtomobillari soni 780 ming donani, qo‘shma va premium brendlar avtomobillari esa 108 ming donani tashkil etdi, deb xabar berdi Kazinform.