Loyihaga muvofiq, filialda quyidagi taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassislar tayyorlash rejalashtirilgan.
Bakalavriat:
- Xalqaro xitoy tili taʼlimi;
- Turizm boshqaruvi;
- Xalqaro biznes;
- Sunʼiy intellekt.
Magistratura:
- Xitoy tili va madaniyatini oʻqitish metodikasi;
- Taʼlim boshqaruvi;
- Sunʼiy intellekt va taʼlim texnologiyalari.
Loyihaga koʻra, filialda taʼlim jarayoni kunduzgi va masofaviy shakllarda tashkil etiladi. Darslar xitoy, oʻzbek hamda ingliz tillarida olib borilishi ko‘zda tutilgan.
Ayni paytda qaror loyihasi boʻyicha fikr va takliflar jamoatchilik muhokamasi doirasida qabul qilinmoqda. Fuqarolar oʻz takliflarini Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali orqali bildirishlari mumkin.