Bundan bir neça yillar oldin ham migrantlarga ikkinçi darajali odamlar, hatto “işyoqmas”, “dangasa” deb qaraş urfga kirgandi. Ularga iş topişda kömaklaşiş, xorijda munosib mehnat şaroiti yaratiş, kafolatlangan huquqlarini va oilasini himoya qiliş haqida öylaş heç kimning xayoliga kelmagan.
Sönggi yillarda tartibli mehnat migratsiyasiga munosabat tubdan özgardi. Mehnat migrantlari bilan muloqot örnatildi, ularning muammo va ehtiyojlarini örganiş hamda hal qiliş böyiça yangi tizim joriy qilindi.
Bu fuqarolarimizning çet elda işlaşi uçun şaroitlar yaratiş, haq-huquqlarini himoya qiliş, kafolatli mehnat bozori bilan taʼminlaş, yurtimizga qaytib kelgandan keyingi taqdiriga befarq bölmaslik kabi saʼy-harakatlarda namoyon böladi.
Eng muhimi, xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimi doirasida mehnat migratsiyasi geografiyasini kengaytiriş, kasb-hunarga va çet tillarga öqitiş orqali fuqarolarning xorijda vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşirişiga kömaklaşiş, huquqiy va moddiy yordam körsatiş, xorijdan qaytgan fuqarolar bandligini taʼminlaş borasida samarali işlar qilindi.
Sönggi yillarda xorijda işlayotgan yurtdoşlarimiz va oilasini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan imtiyozlar kölami kengaydi, qonuniy migratsiyani taʼminlaş, xorijdagi vatandoşlarimizni qöllab-quvvatlaşning huquqiy asoslari takomillaştirildi.
Ilgari bu yönalişda 3 ta davlat bilan işlangan bölsa, hozir ularning soni 27 taga yetdi. Hamkorlik qilayotgan yirik xorijlik iş beruvçilar qariyb 400 taga köpaydi. Çet elda işlayotgan yurtdoşlarimiz soni ön yilda ikki baravar kamaygan bölsa-da, ularning oilalariga yuborayotgan mablaği tört karra oşdi.
Asosiysi, mazkur masala davlatimizning doimiy diqqat eʼtiborida. Jumladan, joriy yilning 2-noyabr kuni mehnat migratsiyasi tizimini takomillaştiriş masalalariga bağişlangan yiğilişda ham bu borada vazifalar belgilanib, qator rağbat va imtiyozlar eʼlon qilindi.
“Çet elda işlayotgan har bir yurtdoşimiz — oilasining rizqi, farzandlari kelajagi uçun tinimsiz mehnat qilayotgan haqiqiy mard insonlar. Ular ham bizning fuqarolarimiz, bizning farzandlarimiz!” dedi yiğilişda Prezidentimiz. Bu esa yangi Özbekistonda “Inson qadri uçun” ezgu ğoyasining amaldagi ifodasidir.
Inson xorijga işlaşga ketganda uning huquqlari mamlakat çegarasida qolib ketmasligi kerak. U qayerda mehnat qilmasin, xavfsiz şaroitda işlaşi, mehnatiga yaraşa haq olişi, şaʼni va qadr-qimmati hurmat qilinişi hamda qiyin vaziyatda huquqiy himoyadan foydalaniş imkoniyatiga ega bölişi lozim.
Mehnat migratsiyasi haqida söz yuritilganda odatda xorijda işlayotgan fuqarolar soni, ular yuborayotgan pul mablağlari va iş örinlari haqidagi raqamlarga eʼtibor qaratiladi. Albatta, ular muhim körsatkiçlar bölsa-da, inson huquqlari nuqtai nazaridan yana bir mezon bor: xorijda mehnat qilayotgan fuqaro özini qançalik xavfsiz va himoyalangan his qilmoqda?
Davlatimiz rahbari tomonidan oilasi farovonligi va farzandlari kelajagi uçun Vatanidan olisda mehnat qilayotgan yurtdoşlarimizning fidoyiligi eʼtirof etilib, ular qayerda bölmasin, davlatning qöllab-quvvatlovini his qilişi zarurligi taʼkidlangani insonparvarlik siyosati mohiyatini yana bir bor yaqqol namoyon etdi.
Yiğilişda mehnat migratsiyasini faqat xorijda iş topiş imkoniyati emas, balki fuqaroni kasbga tayyorlaş, qonuniy işga joylaştiriş, huquqlarini himoya qiliş, ijtimoiy kafolatlarini taʼminlaş va Vatanga qaytgaç, munosib mehnat faoliyatini davom ettirişiga kömaklaşişni qamrab oladigan yaxlit tizim sifatida rivojlantiriş vazifalari belgilandi.
Bu yondaşuvning huquqiy asosi Konstitutsiyamizda ham mustahkamlab qöyilgan. Xususan, unda Özbekiston hududida ham, uning taşqarisida ham öz fuqarolarini himoya qiliş va ularga homiylik körsatiş kafolatlangan, har kim munosib mehnat qilişi, xavfsiz mehnat şaroitlarida işlaşi va adolatli haq olişi huquqi belgilangan.
Demak, xorijdagi fuqarolarimiz huquqlarini himoya qiliş nafaqat ijtimoiy masʼuliyat, balki konstitutsiyaviy ahamiyatga ega vazifadir.
Migratsiyaga tayyorgarlik — huquqiy himoyaning birinçi bosqiçi
Yiğilişda fuqarolarni xorijiy tillar va kasblarga maqsadli öqitiş, aniq iş örinlariga tayyorlaş masalalariga katta eʼtibor qaratildi. Bu bejiz emas. Çunki kasbiy malaka va til biliş insonga nafaqat yuqori daromad topiş, balki öz huquqlarini anglaş, iş beruvçi bilan munosabatlarda öz manfaatlarini himoya qiliş imkonini ham beradi.
Şu maʼnoda, hududlarda migratsiya markazlarini taşkil etiş, texnikumlarda xorijiy iş beruvçilar talabiga muvofiq kadrlar tayyorlaş, til örgatiş va malaka sertifikatlarini oliş imkoniyatlarini kengaytirişga oid vazifalar muhim ahamiyatga ega.
Biroq kasbiy tayyorgarlik huquqiy xabardorlik bilan birga keçişi zarur. Xorijga yöl olayotgan har bir fuqaro mehnat şartnomasining mazmuni, iş vaqti, iş haqi, tibbiy suğurta, yaşaş şaroitlari, şuningdek, huquqlari buzilganda murojaat qilişi mumkin bölgan vakolatli taşkilotlar haqida yetarli maʼlumotga ega bölişi kerak.
Çunki öz huquqlarini bilgan inson mehnat munosabatlarida yuzaga kelişi mumkin bölgan suiisteʼmolçiliklarga nisbatan himoyalangan böladi.
Şuningdek, xususiy bandlik agentliklari masʼuliyati ham inson manfaatlari bilan ölçanişi kerak. Şuning uçun xususiy bandlik agentliklari faoliyatini kengaytiriş va masʼuliyatini oşiriş bilan birga ularning oçiq reytingini yuritiş va bunda fuqarolar huquqlari himoyasi hamda ijtimoiy kafolatlarni asosiy mezonlardan biri sifatida belgilaş maqsadga muvofiq.
Ombudsman sifatida bu jihatni alohida ahamiyatli deb hisoblayman. Sababi, fuqaroni xorijga işga yuboriş bilan agentlikning masʼuliyati tugamasligi lozim. Işga joylaştirişda berilgan vaʼdalarning amalda bajarilişi, mehnat şartnomasiga rioya etilişi, iş haqining öz vaqtida tölanişi va fuqaro huquqlari buzilganda unga kömak körsatilişi ham muhim.
Agentliklar tomonidan taklif etilayotgan iş örinlari, xizmat haqi va mehnat şartlari haqidagi maʼlumotlar oçiqligi fuqarolarni aldangan holda noqonuniy vositaçilik va odam savdosi xavfidan himoya qilişda muhim örin tutadi.
Davlatimiz rahbarining yiğilişda bildirgan quyidagi sözlari juda muhim: “Çet elda mehnat qilayotgan birorta yurtdoşimiz öz muammosi bilan yolğiz qolmasligi kerak, Vatanining himoyasini sezişi zarur”.
Qolaversa, qiyin vaziyatga tuşgan fuqarolarning “Onlayn mahalla” platformasi orqali murojaat qoldiriş imkoniyati yaratilişi, zarur hollarda elçilarning xorijda işlayotgan fuqarolar huquqlarini himoya qiliş, ularning iş beruvçilar bilan yuzaga kelgan muammolarini hal etiş, iş vizalari va mehnat kvotalari masalalarida kömaklaşiş bilan şaxsan şuğullanişi belgilandi.
Bunda eng muhim jihat murojaatning qabul qilinişi bilangina çeklanmay, unda kötarilgan masalaning vakolatli organlar tomonidan öz vaqtida va natijali körib çiqilişidir.
Şu jihatdan xorijiy davlatlarning ombudsmanlari bilan fuqarolar murojaatlarini birgalikda körib çiqiş, huquqiy yordam mexanizmlarini takomillaştiriş va amaliy hamkorlikni kengaytiriş ombudsman instituti faoliyatida muhim yönalişlardan biri bölib qoladi.
Migratsiyaning ijtimoiy taʼsiri faqat xorijda işlayotgan inson bilan çeklanmaydi. Uning ortida oila, farzandlar, keksa ota-onalar bor. Mehnat migratsiyasi oila daromadini oşiriş bilan birga ayrim hollarda farzandlar tarbiyasi, taʼlim olişi, oila aʼzolarining ijtimoiy va ruhiy holati bilan boğliq masalalarni ham yuzaga keltiradi.
Şu bois, Prezidentimiz tomonidan hokimlarga xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarning oilalari, ota-onalari va farzandlarini qöllab-quvvatlaş vazifasi yuklatildi.
Bunday qöllab-quvvatlaşda bolalar manfaatlari ustuvor bölişi, ularning taʼlim, soğliqni saqlaş va ijtimoiy himoya xizmatlaridan foydalaniş imkoniyatlari taʼminlanişi zarur.
Kelajakka işonç
Yiğilişda kötarilgan yana bir muhim masala xorijda orttirilgan iş staji va pensiya huquqlarini tan oliş bilan boğliq böldi.
Bugun fuqarolarimiz 40 dan ortiq davlatda qonuniy mehnat qilib, pensiya badallarini tölamoqda. Uşbu yönalişda Qirğiziston, Ozarbayjon va Turkiya bilan ikki tomonlama bitimlar imzolangani, boşqa davlatlar bilan ham şunday kelişuvlarga erişiş vazifasi belgilangani fuqarolarning uzoq muddatli ijtimoiy himoyasi uçun ahamiyatlidir.
Inson xorijda ön yillab mehnat qilib, Vataniga qaytganida uning mehnat faoliyati va ijtimoiy kafolatlari ham eʼtibordan çetda qolmasligi kerak. Şuning uçun iş staji va pensiya huquqlarini tan oliş böyiça davlatlararo kelişuvlarga erişiş ijtimoiy adolatni taʼminlaşning muhim şartlaridan biridir.
Yiğilişda migratsiyadan qaytgan fuqarolar bandligini taʼminlaş ham eʼtibor markazida böldi. Unda keltirilgan maʼlumotlarga köra, yil boşidan buyon 1 million 116 ming fuqaro xorijdan qaytgan. Yil yakuniga qadar ularning 250 ming nafariga munosib iş topişga kömaklaşiş vazifasi qöyildi.
Migratsiyadan qaytiş inson uçun yangi qiyinçiliklar boşlanadigan davrga emas, balki töplagan tajribasini öz yurtida qöllaş imkoniyatiga aylanişi kerak.
Masalaning yana bir jihati bor. Özbekistonga işlaş uçun kelayotgan xorijlik fuqarolar huquqlarini taʼminlaş ham eʼtibordan çetda qolmasligi lozim.
Şuning uçun migratsiya jarayonlarini tartibga solişda milliy mehnat bozori manfaatlari bilan birga, xorijiy fuqarolarning qonuniy huquqlari, şaʼni va qadr-qimmati hurmat qilinişi ham muhimdir.
Umuman olganda, Prezidentimiz raisligida bölib ötgan yiğilişda belgilangan vazifalar mehnat migratsiyasiga faqat iqtisodiy va ijtimoiy jarayon emas, balki inson huquqlari va qadr-qimmatini taʼminlaş nuqtai nazaridan ham yondaşiş zarurligini körsatdi. Bu esa ombudsman instituti zimmasiga ham alohida masʼuliyat yuklaydi.
Zero, xorijdagi fuqarolarimiz huquqlarini himoya qilişda eng muhim mezon ularning qonunlarda belgilangan kafolatlardan amalda foydalana olişidir. Şu bois, ombudsman xorijdagi yurtdoşlarimizning murojaatlarini örganiş, huquqlari buzilganda vakolatli idoralar bilan hamkorlikda huquqiy himoya mexanizmlarini işga soliş, şuningdek, parlament diplomatiyasining muhim yönalişlaridan biri sifatida xorijiy davlatlar ombudsmanlari bilan töğridan töğri muloqot va amaliy hamkorlikni kengaytiriş, ularning institutsional imkoniyatlaridan foydalangan holda fuqarolarimiz huquqlarini tiklaşga kömaklaşiş hamda mavjud huquqiy tösiqlarni bartaraf etiş yuzasidan takliflar kiritişni özining ustuvor vazifalaridan biri deb biladi.
Prezidentimiz taʼkidlaganidek, oilasi farovonligi, farzandlari kelajagi uçun olis yurtlarda halol mehnat qilayotgan har bir inson hurmatga munosib. Bu hurmat faqat eʼtirofda emas, uning huquqlari himoya qilinişida, murojaatlariga eʼtibor berilişida, oğir vaziyatga tuşganda yordam qöli çözilişida ham namoyon böladi.
Zero, fuqaro davlat himoyasini, eng avvalo, qiyin vaziyatda yolğiz qolmaganida his qiladi. Vatanidan qançalik olisda bölmasin, uning huquqlari, qadr-qimmati va manfaatlari eʼtibordan çetda qolmasligi barçamizning masʼuliyatimizdir.
Feruza EŞMATOVA,
Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili (ombudsman)