Loyihani ishlab chiqishdan koʻzlangan asosiy maqsad nima?
Amaliyot tahlili shuni koʻrsatmoqdaki, tadbirkorlar faoliyatiga aralashuvlarning salmoqli qismi rasmiy tekshiruv sifatida emas, balki “ishchi guruh”, “oʻrganish”, “monitoring” yoki “tushuntirish ishlari” kabi shakllarda amalga oshirilmoqda. Bunday tadbirlar tizimda roʻyxatga olinmagani sababli, ularning qonuniyligini baholash va mansabdor shaxslarning javobgarligini taʼminlash imkoni boʻlmayotgan edi.
Shu bois, loyihaning bosh maqsadi — davlat organlari tomonidan amalga oshiriladigan har qanday taʼsir chorasini, hatto u nazorat tadbiri hisoblanmasa ham, majburiy tartibda raqamli hisobga olish va nazorat qilishdir. Bu orqali:
Tadbirkorlik faoliyatiga har qanday asossiz va norasmiy aralashuvlarning oldi olinadi;
Davlat xizmatchilari faoliyati ustidan jamoatchilik va institutsional nazorat kuchaytiriladi;
Inson omili bilan bogʻliq korrupsiyaviy xavflar keskin qisqartiriladi.