Rasmiy bayonotda qayd etilishicha, Oʻzbekiston AQSH va Eron rahbariyatining hal qiluvchi pallada namoyon etgan siyosiy irodasi va uzoqni koʻra bilishini yuksak baholaydi. Taʼkidlanishicha, erishilgan kelishuv xalqaro hamjamiyat uzoq vaqtdan buyon kutgan tinchlikka erishish uchun mustahkam zamin yaratadi.
Shuningdek, mazkur anglashuvga erishish uchun zarur sharoitlarni yaratishga hissa qoʻshgan Pokiston va Qatarning, shuningdek, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Misr hamda boshqa mintaqaviy hamkorlarning saʼy-harakatlari yuqori baholandi.
Oʻzbekiston muzokaralarning keyingi bosqichlari konstruktiv ruhda davom etishi va erishilgan kelishuvlar samarali amalga oshirilishiga umid bildirgan.
Bayonotda nizo va qarama-qarshiliklarni xalqaro huquq tamoyillari, oʻzaro hurmat hamda barcha tomonlar manfaatlarini inobatga olgan holda diplomatik vositalar orqali hal etish tinchlik va xavfsizlikni taʼminlashning asosiy sharti ekani yana bir bor taʼkidlangan.