Şuningdek, Özbekiston ilk bor elektron hukumat rivojlaniş darajasi eng yuqori bölgan davlatlar qatoriga — «Very High EGDI» guruhiga kirdi.
Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi axborot xizmati BMT maʼlumotlariga tayanib xabar berdi.
Mazkur natija mamlakatda raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş, davlat boşqaruviga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etiş va aholiga körsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini oşiriş borasida amalga oşirilayotgan islohotlar samarasini körsatadi.
«Özbekiston — 2030» strategiyasida mamlakatni BMTning Elektron hukumatni rivojlantiriş indeksi böyiça dunyoning eng ilğor 30 ta davlati qatoriga olib çiqiş ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan.
Tadqiqot natijalariga köra, Özbekistonning umumiy Elektron hukumatni rivojlantiriş indeksi 0,8930 ballni taşkil etdi. 2024-yilda bu körsatkiç 0,7999 ballga teng bölgan.
Indeksning tarkibiy yönalişlari böyiça mamlakatning natijalari quyidagiça baholandi:
- Onlayn davlat xizmatlari (OSI) — 0,8885 ball;
- Telekommunikatsiya infratuzilmasi (TII) — 0,9213 ball;
- Inson kapitali (HCI) — 0,8692 ball.
Şuningdek, fuqarolarning davlat boşqaruvidagi iştiroki (E-Participation Index) körsatkiçi 0,8276 ballni taşkil etdi.
Hisobotda Özbekistonning raqamli transformatsiya borasidagi tajribasi, jumladan, sunʼiy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirişga qaratilgan taşabbuslari ham ijobiy misol sifatida qayd etilgan. Xususan, sunʼiy intellekt texnologiyalarini davlat va xususiy sektorda joriy etiş, ilmiy hamkorlikni kengaytiriş hamda sohadagi pilot loyihalarga eʼtibor qaratilgan.
Qayd etiş joizki, BMTning Elektron hukumatni rivojlantiriş indeksi davlatlarning onlayn xizmatlar rivoji, telekommunikatsiya infratuzilmasi va inson kapitali holatini baholaydi.
Özbekistonning 32-öringa kötarilişi mamlakatning strategik maqsadi — BMT reytingidagi eng ilğor 30 ta davlat qatoriga kiriş yölidagi muhim natijalardan biri hisoblanadi.