Suhbat avvalida yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Oliy darajadagi uchrashuvlar yakunlari boʻyicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.
Mamlakatimiz yetakchisi kuni kecha boʻlib oʻtgan Hukumatlararo komissiya yigʻilishi va Hududlar kengashining uchinchi yigʻilishi natijador boʻlganini olqishladi.
Oʻzaro savdo hajmi barqaror oʻsib borayotgani, sanoat, energetika, metallurgiya, tinch atom va boshqa sohalarda kooperatsiya loyihalari ilgari surilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Tovar ayirboshlashni yanada kengaytirish, sanoat zonalari doirasidagi qoʻshma loyihalarni jadallashtirishga qaratilgan oʻzaro muvofiqlashtirilgan choralarni koʻrish hamda hududlar va biznes darajasidagi faol muloqotni davom ettirish muhimligi taʼkidlandi.
DateFmt(DB): 7 окт 2026, 18:48