Farmonga koʻra, 1 oktabrdan yashil hududlarni belgilash, yerlarni koʻchat ekishga tayyorlash hamda koʻchat va butalar zaxirasini yaratish ishlari boshlanadi.
Koʻchat va butalarni ekish esa hududlarga qarab turli sanalarda boshlanadi:
- 1 noyabrdan — Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida;
- 5 noyabrdan — Buxoro va Navoiy viloyatlarida;
- 10 noyabrdan — Andijon, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo, Namangan, Toshkent va Fargʻona viloyatlari hamda Toshkent shahrida;
- 20 noyabrdan — Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida.
Shuningdek, 2027 yil 1 yanvardan "Yashil mahalla" loyihasi doirasida "Mahallani yashillashtirish" paketi joriy etiladi.
Unga koʻra, mahallalarga Oʻrmon agentligi tomonidan oʻrmonchi-murabbiy biriktiriladi. "Mahalla yettiligi" aʼzolari esa har bir ekish mavsumi boshlanishidan oldin oʻrmonchi-murabbiylar tomonidan bir marta qisqa oʻquv kurslarida oʻqitiladi.