Qonun bilan Özbekistonning xalqaro nufuzini yuksaltiriş, xorijiy davlatlar va xalqaro taşkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirişga munosib hissa qöşgan xorijiy fuqarolarni rağbatlantirişning huquqiy asoslari yaratilmoqda.

Hujjatga muvofiq, ikki darajali davlat mukofoti — «Oliy darajali Özbekiston ehtiromi» va «Özbekiston ehtiromi» ordenlarini taʼsis etiş nazarda tutilgan.

«Oliy darajali Özbekiston ehtiromi» ordeni Özbekiston oldida alohida eʼtirof etilgan yuksak xizmatlari uçun xorijiy davlat va hukumatlar, xalqaro taşkilotlar rahbarlari, şuningdek, xorijiy davlatlarning taniqli davlat va jamoat arboblariga beriladi.

«Özbekiston ehtiromi» ordeni bilan esa mamlakatimizning xalqaro nufuzini oşiriş, turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirişga munosib hissa qöşgan xorijiy davlat va jamoat arboblari, yirik kompaniyalar rahbarlari, Özbekistondagi xorijiy davlatlar elçilari, xalqaro taşkilotlar rahbarlari va vakillari hamda xorijiy fuqarolar taqdirlanadi.

Şuningdek, Qonun bilan ordenlar bilan taqdirlaş tartibi, ular töğrisidagi nizom va tavsif belgilanib, «Davlat mukofotlari töğrisida»gi Qonunga tegişli özgartirişlar kiritilmoqda.

Senatorlarning taʼkidlaşiça, mazkur Qonunning qabul qilinişi Özbekistonning xorijiy hamkorlar bilan işonç va özaro manfaatlarga asoslangan munosabatlarini mustahkamlaş, investitsiyaviy va iqtisodiy aloqalarini kengaytiriş hamda xalqaro maydondagi nufuzini yuksaltirişga xizmat qiladi.