28-oktyabr kuni Mattala Rajapaksa xalqaro aeroportida Toşkentdan kelgan ilk parvoz 160 nafar yölovçi bilan kutib olindi. Birinçi samolyot xalqaro aviatsiya anʼanalariga muvofiq suv arkasi orqali kutib olindi va rasmiy marosim taşkil etildi.
Yangi aviaqatnov Özbekistonning Janubiy Osiyo bilan transport aloqalarini kengaytiriş, ikki davlat örtasida savdo, investitsiya va turizm imkoniyatlarini oşirişga xizmat qilişi kutilmoqda.
Şuningdek, mazkur yönaliş Şri-Lanka va Markaziy Osiyo mamlakatlari örtasida Özbekiston orqali qulay aviaqatnovlarni taʼminlaş imkonini beradi.
«Toşkent–Mattala–Toşkent» yönalişi böyiça töğridan-töğri reyslar 2027-yil mart oyi oxiriga qadar haftasiga ikki marta — çorşanba va şanba kunlari amalga oşiriladi.
Yangi yönalişning oçilişi Özbekiston va Şri-Lanka örtasidagi aloqalarni mustahkamlaş, sayyohlar oqimini köpaytiriş hamda ikki mamlakat örtasidagi hamkorlikni rivojlantirişda muhim qadam bölişi mumkin.