Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ushbu maʼlumotlarga rasmiy munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, transport vositalari oynasining tusini oʻzgartirish tartibi Vazirlar Mahkamasining 547-son qarori bilan belgilangan. Mazkur qarorga koʻra, hozirgi kunda ruxsatnoma bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz baravari — 3 296 000 soʻm evaziga beriladi.
YHXX vakili taʼkidlashicha, mazkur tartibda hech qanday oʻzgarish boʻlmagan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan 412 000 soʻm haqidagi xabarlar asossiz va yolgʻon hisoblanadi.
Shuningdek, qayd etilganidek, agar “tonirovka” ruxsatnomasi boʻyicha qonunchilikka oʻzgarish kiritilsa, bu haqda albatta rasmiy manbalar orqali toʻliq va aniq maʼlumot beriladi.
Fuqarolardan esa tekshirilmagan va asossiz xabarlarni tarqatmaslik soʻraldi.